Image
Yuklanmoqda

Degtyarev - Shpagin yirik kalibrli pulemyoti (DSHK)

DShK va DShKM - 12,7×108 mm patronli yirik kalibrli stanokli pulemyotlar. DK (Degtyaryov Krupnokalibernыy) yirik kalibrli stanokli pulemyotini modernizatsiya qilish natijasi. DShK 1938-yilda "Degtyaryov - Shpaginning 1938-yil namunasidagi 12,7 mm. yirik kalibrli pulemyoti" belgisi ostida Qizil Armiya Qurolli Kuchlari safiga qabul qilingan. 1946-yilda DShKM (Degtyaryov, Shpagin, yirik kalibrli modernizatsiya qilingan) belgisi ostida pulemyot Sovet Armiyasiga qabul qilindi.

1940-41-yillarda DShKning ommaviy ishlab chiqarilishi boshlandi.

DShK zenit quroli sifatida, piyodalarni qo‘llab-quvvatlash quroli sifatida ishlatilgan, zirhli transport vositalariga o‘rnatilgan. Ulug‘ Vatan urushi boshlangunga qadar Kovrovskiy mexanika zavodi tomonidan 2 mingga yaqin DShK pulemyotlari ishlab chiqarilgan.

1941-yil 9-noyabrda "Sovet Ittifoqining havo mudofaasini kuchaytirish va mustahkamlash to‘g‘risida"gi 874ss-sonli FKQ qarori qabul qilindi, unda havo hujumidan mudofaa qo‘shinlarining yangi tashkil etilgan bo‘linmalarini qurollantirish uchun DShK pulemyotlarini qayta taqsimlash ko‘zda tutilgan edi. 1944-yil boshiga kelib 8400 dan ortiq DShK pulemyotlari ishlab chiqarildi.

Ulug‘ Vatan urushi oxirigacha 9 mingta DShK pulemyoti chiqarilgan.

Xususiyatlari :