Image
Yuklanmoqda

Minnatdorchilik alleyasi

“Xotira nuri” bog‘i Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari hamda front ortida fidokorona mehnat qilgan o‘zbekistonlik qahramonlar sharafiga Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan barpo etilgan.o‘rnatilgan.

Image

Bog‘ hududi o‘zida uch avlod: bobolar, ota-onalar va nabiralar timsolida o‘zaro ajralmas vorisiylikni aks ettirgan.

Bog‘ zamonaviy san’at, texnologiya hamda tarixiy merosni o‘zida mujassam etgan madaniy maskan.

Monument ikki parvoz qilayotgan qush shaklida katta va yosh avlodlar timsolida umid va barhayotlikning boqiyligini tasvirlagan.

Qushlar qanotlari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari tomonidan Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari xotiralariga bag‘ishlab yozilgan “Xotira nuri” ocherklar to‘plamiga qiyoslangan.

Ushbu yodgorlik nafaqat madaniy maskan, raqamli xotira va zamonaviy san’atni uyg‘unlashtirgan o‘tmish yo‘qotishlari va g‘alabaning unutilmasligi kafolatini beruvchi avlodlar o‘rtasida ko‘rik hamdir.

Image
Barelyeflar
  1. Barelefda urushga safarbarlik jarayoni tasvirlangan.
  2. Ushbu barelyefda yurtimizning jasur o‘g‘lonlari hujumga ko‘tarilganini ko‘rish mumkin.
  3. Barelefda o‘z taqdirining fojiali yakun topishini xayoliga ham keltirmagan yetim bolalar tasvirlangan. Hatto yosh bolalar ham fashistlarning konslagerlarida og‘ir sharoitlarda saqlangan.
  4. Qizil armiya jangchilari ruhni ko‘tarish maqsadida snaryad va bombalarga "Berlinga," "G‘alaba uchun."
  5. Barelyef G‘alaba quvonchini aks ettiradi. G‘oliblar uchrashuvi