Image
Yuklanmoqda
Image

Abkelyamov Nariman

Katta leytenant

T A R J I M A I    H O L

Katta leytenant Abkelyamov Nariman Nosirovich 1971- yil 25- fevralda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida dunyoga kelgan.

1978-1988- yillar Shahrisabzdagi Pushkin nomidagi 3- umumta’lim maktabida tahsil olgan.

1988- yilda Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida joylashgan Vibork fuqaro aviatsiya-texnika bilim yurtiga o‘qishga kirib, 1991- yilda bilim yurtini bitirgan.

Faoliyatini Farg‘ona viloyatining Qo‘qon aeroportida bort texnigi lavozimida xizmat faoliyatini boshlagan.

1998- yildan 2000- yilgacha Toshkent viloyati, Chirchiq shahridagi Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismda vertolyot eskadrilyasining Mi-8 vertolyoti aviatsiya bort texnigi lavozimida xizmat qilgan.

2000- yil jangarilar bazalariga havodan turib zarba berish harakatlarida Mi-8 vertolyotiga jangarilar tomonidan otilgan o‘q vertolyotning o‘ng dvigateliga jiddiy shikast yetkazishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan vertolyotni qo‘ndirish vaqtida katta leytenant Nariman Abkelyamov og‘ir tan jarohat olib, halok bo‘lgan.

X I Z M A T   F A O L I Y A T I 

1988-1991 yy – Sankt-Peturburg aviyatsiya texnika bilim yurtini fuqarolar aviyatsiyasi yo‘nalishini kursanti;

1998-2000 yy – Mi-8 vertolyot 23522 harbiy qismida vertolyot eskadrillyasi bort aviyatsiya texnigi. 

H A R B I Y   U N V O N L A R I 

1991- yil – kichik leytenant

1998- yil – leytenant

2000- yil – katta leytenant

J A S O R A T I 

2000- yil 19- avgust kuni katta leytenant Nariman Abkelyamov Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlarida bir guruh xalqaro terrorchilar tahdidini qaytarishdagi janglarda faol ishtirok etgan

2000- yil jangarilar bazalariga havodan turib zarba berish harakatlarida Mi-8 vertolyotidan dushman guruhiga o‘q yomg‘iri yog‘dirib katta talafot yetkazilgan, biroq, jangarilar tomonidan otilgan o‘q vertolyotning o‘ng dvigateliga jiddiy shikast yetkazishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan vertolyot yerga qo‘ndirish vaqtida katta leytenant Nariman Abkelyamov og‘ir tan jarohati olib, halok bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 10 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 15 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil” esdalik nishonlari bilan taqdirlangan.

2011- yilda Toshkent viloyati, Chirchiq shahridagi harbiy qismda Nariman Abkelyamov kabi 13 nafar yurtimiz tinchligi yo‘lida jon fido qilgan insonlar xotirasiga bag‘ishlab yodgorlik monumenti o‘rnatilgan.