Image
Yuklanmoqda
Image

Ashirov Shermuhammad

Katta leytenant

T A R J I M A I   H O L

Katta leytenant Ashirov Shermuhammad Ergashalievich 197 yil 23- yanvarda Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, Xalqobod qo‘rg‘onida ishchi oilasida tug‘ilgan.  

1982- yilda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi 28-umumta’lim maktabning 1-sinfiga o‘qishga qabul qilingan.

1998- yil turmush o‘rtog‘i Umida Ashirova bilan oila qurishgan, bir nafar qizi bor.

1995- 1999- yillarda Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtinda o‘qigan.

1999- 2000- yillar Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida ofitser sifatida harbiy xizmatni o‘tagan.

2000- yil avgustda Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlarida Vatanimiz sarhadlariga suqilib kirgan xalqaro terrorchi to‘dalarga qarshi kurashda qahramonlarcha halok bo‘lgan. 

 X I Z M A T   F A O L I Y A T I

1994-1999 yy - Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursanti;

1999-2000 - yillar - Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi harbiy qism harbiy xizmatchisi; 

H A R B I Y   U N V O N L A R I

1999 yil - leytenant

2000 yil – katta leytenant

J A S O R A TI

2000- yil avgustda Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlarida Vatanimiz sarhadlariga suqilib kirgan xalqaro terrorchi to‘dalarga qarshi kurashda qahramonlarcha halok bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000- yil 25- avgustdagi Farmoniga muvofiq marhum katta leytenant Shermuhammad Ashirov II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirlangan.

Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 10 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 15 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 30 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” esdalik nishonlari bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018- yil 15- fevraldagi
116-F- sonli Farmoyishiga binoan yurtimiz tinchligi va ozodligi yo‘lida qahramonlarcha halok bo‘lgan marhum, katta leytenant Ashirov Shermuhammad tahsil olgan Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi 28-umumta’lim maktabda byusti o‘rnatilgan. 2011- yilda Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi harbiy qismda 13 nafar yurtimiz tinchligi va ozodligi yo‘lida jon berganlar xotirasiga bag‘ishlab o‘rnatilgan YoDGORLIK MONUMENTIda Shermuhammad Ashirovning nomi ham alohida yozib qo‘yilgan.

Shermuhammad Ashirovning nomini abadiylashtirish maqsadida, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani hokimining qarori bilan Xalqobod qo‘rg‘onidagi ko‘chalardan biriga uning nomi berilgan.