Image
Yuklanmoqda
Image

Chori Rajabov

Katta leytenant

T A R J I M A I    H O L 

Katta leytenant Chori Rajabov 1966- yil 20- iyunda kuni Surxondaryo viloyati Muzrabod tumani Boldir qishlog‘ida tug‘ilgan.

1973-1983- yillar Surxondaryo viloyati Muzrabod tumanidagi G‘.G‘ulom nomli 18- umumta’lim maktabida o‘qigan.

1984- yil Vengriyaning Budapesht shahrida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan.

1992- yil oila qurigan, ikki nafar farzandli bo‘lgan (Feruza va Nargiza ismli qizlari).

1989-1993- yillarda Toshkent davlat san’at institutida tahsil olgan bo‘lsada, ofitser bo‘lish orzusi tufayli 1996- yil 30 yoshida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tay boshlagan.

2000- yil 16- sentabr kuni maxsus guruh tarkibida navbatdagi razvedka qidiruv tadbirlarini bajarish vaqtda qaxramonlarcha halok bo‘lgan. 

X I Z M A T   F A O L I Y A T I 

1996-2000- yillar – Mudofaa vazirligi shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchisi. 

H A R B I Y   U N V O N L A R I 

1996- yil - leytenant

1999- yil - katta leytenant 

J A S O R A T I 

Katta leytenant Chori Radjabov 2000- yil avgust oyida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlarining tog‘li hududlarida xalqaro terrorchi jangari guruhlar bilan bo‘lib o‘tgan jangovar harakatlarda ishtirok etgan.

2000- yil 16- sentabr kuni katta leytenant Chori Radjabov maxsus guruh tarkibida navbatdagi razvedka qidiruv tadbirlarini bajarishga tayinlangan, tog‘li hududning qiyin va murakkab sharoitlariga qaramay, safdoshlari bilan birga jangovar topshiriqni yuksak saviyada bajargan, desant-ishg‘ol harakatlarini bajarayotgan vaqtida qaxramonlarcha halok bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 11- yanvardagi PF-5626- sonli Farmoni bilan marhum katta leytenant CH.Radjabov “Jasorat” medali bilan taqdirlangan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 15 yil” “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil” esdalik nishoni “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga 30 yil” “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” esdalik nishonlari bilan taqdirlangan.  

Uning xotirasini abadiylashtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 6- maydagi F-222- sonli Farmoyishiga binoan Surxondaryo viloyati Muzrabod tumanidagi 40- sonli maktabga uning nomi berilgan va byusti o‘rnatilgan.