Serjant
T A R J I M A I H O L
Serjant Eshtemirov Muhiddin Xusanovich 1975- yilning 13- aprel kuni Surxondaryo viloyati, Termiz tumani, “Namuna” xo‘jaligida tug‘ilgan.
1982-1992- yillarda Muhiddin Eshtemirov Termiz tumanidagi 7- umumta’lim maktabida tahsil olgan.
1992-1996- yillar Termiz davlat universitetining tarix fakultetini tamomlagan.
1997- yil o‘qishni muvaffaqiyatli tugatib, muddatli harbiy xizmatni o‘tagan.
2001- yil may oyidan Mudofaa vazirligi tizimida shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tay boshlagan.
2001- yil 14- iyulda Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanining tog‘li hududidagi jangovar harakatlarda qahramonlarcha halok bo‘lgan.
X I Z M A T F A O L I Y A T
1992-1996- yillar Termiz davlat universiteti talabasi;
1997- yil - muddatli harbiy xizmatchi;
2001- yil may oyidan Mudofaa vazirligi tizimida shartnoma asosida harbiy xizmatchi.
H A R B I Y U N V O N L A R I
1999- yil - leytenant
2000- yil - katta leytenant
J A S O R A T I
2001- yil iyul oyida Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlarida qurollangan terrorchi-jangarilarning harakatlari haqidagi ma’lumot olinganidan keyin serjant Eshtemirov Muhiddin xizmat qilayotgan bo‘linma shaxsiy tarkibiga jangovar vazifa qo‘yilgan.
M. Eshtemirov razvedka qidiruv harakatlarida razvedka dozori etib tayinlandi, u vaziyatning qaltis ekanligini inobatga olib, o‘ta sergaklik bilan tevarakni sinchkov kuzatib borgan
Ma’lum hududdan o‘tganidan keyin pistirmaga duch kelib, terorchilar bilan jangga kirishgan va ikki jangarini yer tishlatib, pistirmaga qo‘l granatasini uloqtirgan, pistirma haqida esa safdoshlariga xabar yetkazishga ulgurgan.
Serjant Muhiddin Eshtemirov qisqa muddatli otishmada tan jarohati olib, qahramonlarcha halok bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq marhum Muhiddin Eshtemirov ko‘rsatgan jasorati uchun davlatimizning yuksak mukofoti “Jasorat” medali bilan taqdirlangan.
Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 10 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 15 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil”, “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishonlari bilan mukofotlangan.
Uning xotirasini abadiylashtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 6- maydagi 222-F sonli Farmoyishiga binoan Termiz tumanidagi 7- sonli umumta’lim maktabda byusti o‘rnatilgan.