Leytenant
T A R J I M A I H O L
Leytenant G‘aniyev Boburjon Abdulhamidovich 1977- yil 14- oktabrda Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan.
B. G‘aniyev 1992- yil Marg‘ilon shahridagi 13- umumiy o‘rta ta’lim maktabning 9- sinfini tamomlagach, 1992-1995- yillarda Marg‘ilon tijorat texnikumida tahsil olgan.
1996-2000- yillarda Toshkent elektrotexnika aloqa institutining maxsus fakultetida tahsil olgan.
2000- yil avgust oyida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida bo‘lgan jangovar harakatlarda qahramonlarcha halok bo‘lgan.
X I Z M A T F A O L I YA T I
1996-2000- yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutining maxsus fakulteti kursanti;
2000- yil O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatchi.
H A R B I Y U N V O N L A R I
2000- yil - leytenant
J A S O R A TI
2000- yil avgust oyida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlarini tog‘li hududlarida xalqaro terrorchi jangari to‘dalarga qarshi harbiy vertolyotlardan berilgan qaqshatgich zarbalardan so‘ng hududda tozalash ishlari boshlangan.
Guruh komandirining o‘rinbosari leytenant B. G‘aniyev berilgan vazifani o‘ta hushyorlik bilan bajarayotganda, terrorchilar pistirmasi borligini payqab, qulay pozitsiyani egallab jangga kirishgan, safdoshlari bilan bir nechta jangarilarni yakson qilgan va jangda tan jarohat olgan.
Yaralanganligiga qaramasdan, dushman bilan jangni davom ettirib, safdoshlariga chakalakzorda jangovar pozitsiyani egallashlari uchun yaqindan yordam bergan, bu jang yosh ofitser uchun birinchisi va oxirgisi edi, chunki, u 2000- yil 4- avgust kuni jangda qahramonlarcha xalok bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000- yil 25- avgustdagi Farmoniga muvofiq marhum katta leytenant G‘aniyev Bobirjon Abdulhamidovich II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirlangan.
Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 10 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 15 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga 30 yil” “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” esdalik nishonlari bilan taqdirlangan.
Marhum B. G‘aniyev xotirasini abadiylashtirish maqsadida, u yashagan xonadonida uy-muzey tashkil etilib, ko‘chaga uning nomi berilgan, maktabda byusti o‘rnatilgan.