Katta leytenant
T A R J I M A I H O L
Katta leytenant Jalilov Maxmudjon Mo‘minovich 1975- yil 6- iyulda Andijon viloyati Izboskan tumani “Tuyachi” qishlog‘ida ishchi oilasida tug‘ilgan..
1982-1990- yillarda Mahmudjon Jalilov Izboskan tumanidagi 17- umumta’lim maktabida tahsil olgan.
19-91-1993- yillarda harbiy litseyni imtiyozli shahodatnoma bilan tugatgan.
1993-1997- yillar Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtini tamomlagan.
2000- yil avgustda Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlarida Vatanimiz sarhadlariga suqilib kirgan xalqaro terrorchi to‘dalarga qarshi kurashda qahramonlarcha halok bo‘lgan.
X I Z M A T F A O L I YA T I
1993-1997 yy- Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursanti.
1997-2000 yy- Toshkent viloyati Chirchiq garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchisi.
H A R B I Y U N V O N L A R I
1997 yil - leytenant
2000 yil – katta leytenant
J A S O R A TI
2000- yilda Janubiy sarhadlarimizga bostirib kirgan bir guruh terrorchilarga qarshi kurashda bir necha bor guruhi bilan jonbozlik ko‘rsatgan, yurtimiz osoyishtaligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shgan.
2000- yil 14- avgust kuni razvedka qidiruv harakatlari davomida bir guruh jangarilar joylashgan hududni aniqlab, tezkor qaror qabul qilib, guruhi bilan ularga zarba bergan.
Jangda jarohatlangan Mahmudjonga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun 5-6 kishi uni ko‘targancha vertolyot tomon yugurishadi. U qo‘li bilan barchani to‘xtatishga urinar, shifokorga qarab: «Do‘xtir, meni qo‘ying, barchasini bilib, ko‘rib turibsiz, Ilyosga yordam bering, iltimos, u hali yosh, hayotini saqlab qoling», dedi, o‘shanda o‘zi ham endigina 25 yoshga kirgandi, uylanganiga esa atigi 3 oy bo‘lgandi.
U oliyjanob inson, sodiq safdosh, ishonchli komandir bo‘lganligi bois, yosh yarador harbiy xizmatchi hayotini saqlab qolgan.
Biroq mazkur jangda olgan tan jarohati oqibatida katta leytenant Mahmudjon Jalilov qahramonlarcha halok bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000- yil 25- avgustdagi Farmoniga muvofiq katta leytenant Mahmudjon Jalilov vafotidan so‘ng II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirlangan.
Uning xotirasini abadiylashtirish maqsadida, Izboskan tumani hokimining 2000- yil 28- avgustdagi qarori bilan Tuyachi qishlog‘idagi «Do‘stlik» ko‘chasiga uning nomi berilgan.