Oddiy askar
T A R J I M A I H O L
Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Jo‘rayev Mashrab Xurramovich 1978- yil 15- mart kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tug‘ilgan.
1985- yil Boysun tumanidagi 22- umumta’lim maktabiga o‘qishga borgan, o‘quvchilik yillaridanoq sport bilan shug‘ullangan. 1993- yil maktabni a’lo baholarga bitirib, o‘rta maxsus kasb-hunar texnika bilim yurtiga o‘qishga kirgan. 1996- yil bilim yurtini traktorchi-mashinist kasbi bo‘yicha tamomlagan.
1997- yil muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan.
2000- yil 14- iyul kuni Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlarida xalqaro terrorchilarga qarshi jangda qaxramonlarcha halok bo‘lgan.
X I Z M A T F A O L I YA T I
1997- yil - Muddatli harbiy xizmatchi;
1998-2000 yillar O‘zbekiston Qurolli Kuchlari safida shartnoma asosidagi harbiy xizmatchi.
H A R B I Y U N V O N L A R I
1998- yil – SHBHX oddiy askar
J A S O R A TI
Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlaridagi mudhish voqealar boshlanganda Mashrab Jo‘rayev ham safdoshlari qatori Vatan himoyasiga jalb etilgan.
Sariosiyo tumanining tog‘li hududlariga o‘rnashib olgan bir guruh jangarilar to‘dasining g‘alamis niyatlariga qarshi jangovar harakatlar boshlangan kunlarda shartnoma asosida xizmat qilayotgan oddiy askar Mashrab Jo‘rayevlar bo‘linmasi razvedka-qidiruv harakatlarini olib borayotgan paytda u dushman pistirmasiga duch kelgan, bu haqida safdoshlariga xabar berayotganida yaralangan va pistirmaga granata uloqtirib, ularni yo‘q qilgan.
2000- yil 14- iyul kuni dushman to‘dasi yakson etilgan, biroq 23 yoshli M. Jo‘raev olgan jarohati tufayli qaxramonlarcha halok bo‘lgan.
Vafotidan so‘ng davlatimiz tomonidan uning jasorati munosib taqdirlanib, “Jasorat” medali bilan mukofotlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 6- maydagi 222-F sonli Farmoniga binoan Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi 12- sonli maktabda byusti o‘rnatilgan.
Uning xotirasini abadiylashtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 6- maydagi 222-F sonli Farmoniga binoan Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi 12- sonli maktabda byusti o‘rnatilgan.