Kapitan
T A R J I M A I H O L
Kapitan Jurayev Bahrom Ulug‘bekovich 1979- yil 21- noyabr kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan.
1986- yil Toshkent shahridagi 209- maktabni 1- sinfiga o‘qishga chiqgan va maktabni 1996- yil a’lo baholarga tugatgan.
1996-2000- yillarda Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtida tahsil olgan.
2000-2005- yillarda Sharqiy harbiy okrugi boshqaruv apparatida bo‘lim boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.
2005- yil 13- may kuni Andijon shahrining Cho‘lpon prospektida bir to‘da ekstremistik kuchlar tomonidan uyushtirilgan qurolli to‘qnashuvda qahramonlarcha halok bo‘lgan.
X I Z M A T F A O L I YA T I
1996-2000- yil Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti kursanti;
2000- yildan Mudofaa vazirligining Sharqiy harbiy okrugi boshqaruv apparatida bo‘lim boshlig‘i;
2002- yilda “Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik” dasturi doirasida tog‘ tayyorgarligi bo‘yicha Shveysariyada bo‘lgan.
H A R B I Y U N V O N L A R I
2000- yil – leytenant
2002- yil – katta leytenant
2004- yil – kapitan
J A S O R A TI
2005- yil 13- may kuni Andijon shahrining Cho‘lpon prospektida ekstremistik qurollangan jinoyatchilar to‘dasi tomonidan garovga olgan odamlardan tirik devor qilib o‘q otib, harbiy xizmatchilarga yaqinlashib kela boshlagan.
Kapitan Jo‘rayev Bahrom Ulug‘bekovich o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, jinoyatchilardan qurollarini topshirishi va garovga olinganlarni qo‘yib yuborishlarini qat’iy talab qiladi.
Biroq, jinoyatchilar ayovsiz o‘t ochadi va kapitan Jo‘rayev Bahrom Ulug‘bekovich jarohat oladi, u yarador bo‘lishiga qaramay bo‘linmani boshqarishda davom etgan. U o‘z jasorati bilan shaxsiy tarkibini ruhlantirishi oqibatida, jinoyatchilar ko‘p talofat ko‘rgan hamda qurolsizlantirilgan, garovdagilar ozod qilingan.
Kapitan Jo‘rayev Bahrom Ulug‘bekovich olgan jarohatlari oqibatida qaxramonlarcha halok bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005- yil 23- maydagi Farmoniga muvofiq marhum kapitan B. Jo‘rayev II darajali «Shon-sharaf» ordeni bilan taqdirlangan.