Image
Yuklanmoqda
Image

Madolimov Qahramonjon

Serjant

T A R J I M A I    H O L

Serjant Madolimov Qahramonjon Nishonboyevich 1972- yil 20- yanvarda Farg‘ona viloyati, Quvasoy tumani, Sufon qishlog‘ida ziyoli oilada tug‘ilgan.

1979-1989- yillarda Sufon qishlog‘idagi 16- umumta’lim maktabida o‘qigan.

1989-1990- yillarda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi 1- sonli tibbiyot texnikumida tahsil oladi.

1993-1995- yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga muddatli harbiy xizmatni o‘tagan.

1995-2000- yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tagan.

1995- yilda hamqishlog‘i Zuhraxon bilan turmush qurgan, Zaynura va Yodgora ismli 2 nafar qiz farzandlari dunyoga kelgan. 

2000- yilning avgust oyida Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlarida Vatanimiz sarhadlariga suqilib kirgan xalqaro terrorchi to‘dalarga qarshi janglarda ishtirok etib, qahramonlarcha halok bo‘lgan. 

X I Z M A T   F A O L I YA T I 

1993-1995- yillar muddatli harbiy xizmatchi;

1995-2000-yillar Qurolli Kuchlari safida shartnoma asosida harbiy xizmatchi. 

H A R B I Y   U N V O N L A R I

1995 yil – kichik serjant

1998 yil - serjant 

J A S O R A TI 

2000- yil Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlarida xalqaro terrorchi jangari to‘dalarga qarshi bo‘lgan jangovar harakatlarda serjant Qahramon Nishonboyevich Madalimov ham jangchi, ham feldsher sifatida ishtirok etgan.

2000- yil 4- avgust kuni erta tongda xalqaro terrorchi jangari to‘dalarga qarshi harbiy vertolyotlardan berilgan qaqshatgich zarbadan so‘ng maydonni tozalashda, safdoshlariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, ularni jang maydonidan olib chiqishda fidoyilik ko‘rsatgan va yaralangan.

Guruh shaxsiy tarkibi jangovar pozitsiyani egallashlarida yaqindan yordam bergan, maxsus topshiriq bilan yo‘lga chiqqan harbiylarimiz terrorchilarning qarshiligiga duch kelgan. Afsuski, terrorchilarning o‘qi unga ham tegishi oqibatida  qahramonlarcha halok bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000- yil 25- avgustdagi Farmoniga muvofiq “Jasorat” medali bilan mukofotlangan.

Q. Madolimovni xotirasini abadiylashtirish maqsadida Farg‘ona viloyati Quvasoy tumani Sufon MFYdagi ko‘chalardan biriga uni nomi berilgan, tahsil olgan maktabda uning byusti o‘rnatilgan va xotira burchagi tashkil etilgan.