Image
Yuklanmoqda
Image

Mirzayev Asilbek

Katta leytenant

T A R J I M A I    H O L

Katta leytenant Mirzayev Asilbek Rustamovich 1975- yilning 30- martida Andijon viloyatining Chinobod shahrida tug‘ilgan.

1982- yil Chinobod shahridagi 39- o‘rta maktabda o‘qib yurgan kezlarda elektr asboblari yaratishni yaxshi ko‘rar, shunga intilardi. Sportning karate turiga qiziqardi. Parrandalar, uy hayvonlarini parvarish qilishni yoqtirardi.

Akasi Rasuljon, ukalari: Doniyorjon, Akramjon hamda singlisi Sevaraxonlar uni iliq xotiralar bilan tilga olishadi.

1993-1997- yillarda Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtini imtiyozli diplom bilan tamomlab, Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida ofitser sifatida xizmatni boshlagan.

Bilim yurtini bitirib, ofitser sifatida mamlakatimiz Qurolli Kuchlarida xizmat qila boshladi. Jismoniy yetukligi va yuksak bilimi tufayli maxsus operatsiyalar batalyoniga qabul qilindi. Safdoshlari va yosh harbiylarga namuna bo‘lib, 2000- yil avgustda Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlarida Vatanimiz sarhadlariga suqilib kirgan xalqaro terrorchi to‘dalarga qarshi kurashda mardlik ko‘rsatib, qahramonlarcha halok bo‘lgan. 

X I Z M A T   F A O L I YA T I 

1993-1997 - yillarda Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtini kursanti.

1997-1999 - yillarda Mudofaa vazirligi qo‘shinlari harbiy xizmatchisi. 

H A R B I Y   U N V O N L A R I 

1997- yil - leytenant

2000- yil – katta leytenant 

J A S O R A TI 

2000- yil 16- sentabr kuni u Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlarida xalqaro terrorchi jangari to‘dalarni qidirish va ularni yo‘q qilish bo‘yicha desant-ishg‘ol harakatlarini bajarayotgan vaqtda jangda qahramonlarcha halok bo‘ldi. Biroq, uning Vatanimiz mustaqilligi va xalqimizning osoyishtaligini saqlash yo‘lidagi mardona va fidoyi xizmati, terrorchi jangari guruhlarni yakson qilishdagi jasoratlari bugun voyaga yetayotgan yangi avlod uchun vatanparvarlikning asl namunasi o‘laroq tarix sahifalariga bitildi.

Birinchi Prezidentimizning farmoniga binoan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 10 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 15 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil” esdalik nishoni va Davlatimiz Rahbari Shavkat Mirziyoyevning farmoniga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.  Andijon viloyati Baliqchi tumani hokimining qarori bilan tumanidagi ko‘chalardan biriga Asilbek Mirzayev nomi berildi.