Serjant
T A R J I M A I H O L
Serjant Otabek Avazovich Muhammadiyev 1976- yil 8- yanvarda Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanining Ochamayli qishlog‘ida tug‘ilgan.
1983-1993- yillar Ochamayli qishlog‘idagi 11- sonli umumta’lim maktabida tahsil oldgan.
1995- yilning may oyida Kitob tumani mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan muddatli harbiy xizmatiga chaqirilgan va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmatni boshlagan.
1997- yil noyabr oyi muddatli harbiy xizmatni tugatib, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatini davom ettirgan va 1999- yil 22- oktabrda oila qurgan.
Otabek xizmat davrida 1999- yilning noyabr oyida Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, Yangiobod shahrida bir guruh terrorchilar bilan bo‘lgan janglarda ishtirok etgan.
2000- yilning 16- sentabr kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlarida xalqaro terrorchi jangari guruhlar bilan bo‘lib o‘tgan jangda qaxramonlarcha halok bo‘lgan.
X I Z M A T F A O L I Y A T I
1995-1996 - yillar muddatli harbiy xizmatchi;
1997-2000 - yilllar – Mudofaa vazirligi tizimida shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi,
H A R B I Y U N V O N L A R I
1997- yil – shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi – oddiy askar
1998- yil kichik serjant
2000- yil serjant
J A S O R A T I
Serjant Muhammadiyev Otabek Avazovich xizmat davomida, 1999- yilning noyabr oyida Toshkent viloyati Ohangaron tumanining Yangiobod shahrida bir guruh terrorchilar bilan bo‘lgan janglarda;
2000- yil avgust oyida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlarida xalqaro terrorchi jangari guruhlar bilan bo‘lib o‘tgan jangovar harakatlarda ishtirok etgan.
2000- yilning 16- sentabr kuni razvedka qidiruv ishlari, desant-ishg‘ol harakatlarini bajarayotgan vaqtda jangarilar bilan bo‘lib o‘tgan jangda qaxramonlarcha halok bo‘lgan.
Prezidentimizning 2019- yil 11-yanvardagi PF-5626- sonli Farmoniga asosan “Jasorat” medali bilan mukofotlangan.
Uning xotirasini abadiylashtirish maqsadida Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, Ochamayli qishlog‘idagi 11- umumta’lim maktabida byusti o‘rnatilgan.