Kichik serjant
T A R J I M A I H O L
Kichik serjant Otabekov Anvarjon Mashrabboyevich 1982- yil 18- oktabr kuni Andijon viloyatining Marhamat tumanida ishchi oilasida tug‘ilgan.
Otasi Mashrabboy aka va onasi Muborakxon opalar 4 farzand Erkinjon, Komiljon va Anvarjon, qizlari Gulchehralarni dunyoga keltirib, voyaga yetkazganlar.
1989- yil Marhamat tumanidagi 6- umumta’lim maktabning 1- sinfga o‘qishga borgan, maktabda a’lo baholarga o‘qigan.
1999- yil o‘rta maktabni tamomlagach, Marhamat tumanidagi gidromelioratsiya va suv xo‘jaligi kollejida tahsil olgan.
2000- yilda muddatli harbiy xizmatni o‘tab, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida shartnoma asosida harbiy xizmatni davom ettirgan.
2005- yil 13- may kuni Andijon shahrida terrorchi-ekstremistik guruhlarning ma’muriy binoga qilgan hujumini qaytarish vaqtida qahramonlarcha halok bo‘lgan.
X I Z M A T F A O L I YA T I
2000- yildan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatchi.
H A R B I Y U N V O N L A R I
2001- yil - SHBHX oddiy askar
2003- yil - kichik serjant
J A S O R A T I
Kichik serjant A.Otabekov 2005- yil may oyida Vatanimizning iqtisodiy hamda siyosiy jihatdan tinch va barqaror rivojlanib borishini ko‘rolmayotgan, mamlakatimizdagi vaziyatni beqarorlashtirishga intilayotgan radikal ekstremistik kuchlarning hujumini qaytarishda mardlik va jasorat ko‘rsatdi ya’ni, ma’muriy binoga qilingan hujumdan mudofaa qilish vaqtida yaralangan. Biroq, yarador holatda ham jangarilarning binoni egallashiga yo‘l qo‘ymasdan mardlarcha jang olib borib, bir nechta jangarilarni yakson qilgan va voqea joyida qahramonlarcha halok bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 6- maydagi
222-F sonli Farmoyishiga muvofiq Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumani, Manak QFYda joylashgan 6-sonli maktabda byusti o‘rnatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005- yil 22- avgustdagi
PF-3651-sonli Farmoniga muvofiq “Jasorat» medali, «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.
Qaxramonimizning nomini abadiylashtirish maqsadida, u tug‘ilib o‘sgan ko‘chaga hamda tahsil olgan maktabiga uning nomi berilgan. Maktab yonida Anvarjon nomi bilan ataluvchi mo‘jazgina bog‘ barpo etilgan.