Image
Yuklanmoqda
Image

Oxunov Yunus

Serjant

  T A R J I M A I    H O L

Serjant Oxunov Yunus Nosirovich 1979- yil 14- yanvar kuni Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi Sherobod qishlog‘ida ziyolilar oilasida tug‘ilgan.

Yunusjon bolalik chog‘larida tumandagi 19- umumiy o‘rta ta’lim maktabi huzuridagi “Tong” maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalangan.

1985-1996- yillarda Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi 19- umumta’lim maktabini a’lo baholar bilan tamomlagan.

Shundan so‘ng Qo‘qon shahridagi kompyuter operatori kursida o‘qidi, kursni tamomlagandan so‘ng 1997-yil muddatli harbiy xizmatni o‘tagan.

Harbiy xizmatda barchaga ibrat bo‘lganligi bois, harbiy xizmatni shartnoma asosida davom ettirgan.

2000- yil avgust oyida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida bo‘lgan jangovar harakatlarda ishtirok etib, qahramonlarcha halok bo‘lgan.

 X I Z M A T   F A O L I YA T I

1996-1997- yy -Qo‘qon shahar operatorlik kursini tinglovchisi;

1997- 1998 - yy - Muddatli harbiy xizmatchi;

1998-2000 – yy - Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi

H A R B I Y   U N V O N L A R I

1998- yil - SHBHX oddiy askar

1999- yil -  kichik serjant

2000- yil - serjant

J A S O R A TI

Serjant Oxunov Yunus Nosirovich 2000- yilning avgustida Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlarida xalqaro terrorchi jangari guruhlarga qarshi janglarda  jangarilarning kichik bir guruhi joylashgan hudud aniqlanib safdoshlari bilan xalqa hosil qilib dushmanni ta’qib qila boshlaganlar.

Qo‘shimcha kuch yetib kelgunga qadar bo‘lgan vaqt davomida shiddatli jangda dushman pistirmasi va jangarilari yo‘q qilingan, jangda Yunusjon yaralangan bo‘lishiga qaramay, bir nechta jangarini yakson qilib, safdoshlarining olg‘a harakatlanishlariga yo‘l ochib bergan, olgan tan jarohati tufayli qahramonlarcha halok bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000- yil 25- avgustdagi Farmoniga muvofiq marhum serjant Oxunov Yunus Nosirovich “Jasorat” medali bilan mukofotlangan.

Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 10 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 15 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 25 yil” va “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

Qahramonimiz nomini abadiylashtirish maqsadida, tug‘ilib o‘sgan ko‘chaga uning nomi berilib, tahsil olgan maktabiga byusti o‘rnatilgan.