Katta serjant
T A R J I M A I H O L
Katta serjant Rajabov Ma’rufjon Axmadovich 1977- yil 3- noyabrda Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanining Beshqo‘ton qishlog‘ida tug‘ilgan, u oilada to‘rtinchi farzand bo‘lgan.
1984-1992- yillar Ma’rufjon Rajabov Bulung‘ur tumanidagi 18- maktabning 9- sinfini bitirgach, 1992-1994- yillar Samarqand shahridagi pedagogika
va jismoniy tarbiya bilim yurtida o‘qigan.
1994-1995- yillar muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, 1995- yilda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida shartnoma asosida harbiy xizmatni boshlagan.
2000- yil 4- avgust kuni Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlarida xalqaro terrorchi jangari to‘dalarga qarshi janglarda katta serjant Ma’rufjon Rajabov qahramonlarcha halok bo‘lgan.
X I Z M A T F A O L I YA T I
1994-1995- yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatchi;
1995-2000- yillar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida shartnoma asosida harbiy xizmatchi.
H A R B I Y U N V O N L A R I
1994-1995- yillar muddatli harbiy xizmatchi
1996- yil SHBHX oddiy askar
1997- yil - serjant
1999- yil - kichik serjant
2000 -yil – katta serjant
J A S O R A TI
2000- yil 4- avgust kuni erta tongda Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlarida xalqaro terrorchi jangari to‘dalarga qarshi harbiy vertolyotlardan berilgan shiddatli zarbadan so‘ng hududda tozalash ishlari boshlangan.
Katta serjant M. Rajabov mazkur jangovar harakatlarda professional harbiy xizmatchi sifatida ishtirok etgan, biroq, dushman pistirmasidan otilgan snayper o‘qlari uni yaralagan.
Ma’rufjon jarohati og‘ir bo‘lishiga qaramay, hujum guruhini pulemyotdan qo‘llab-quvvatlab turishni to‘xtatmadi, jangari guruhlarga qaqshatgich zarba berib, bir necha jangarini yakson qilgan. Ammo, jangarilar o‘qidan og‘ir yaralangan vatanparvar o‘g‘lon qahramonlarcha halok bo‘lgan.
Prezidentimizning Farmoniga binoan “Jasorat” medali bilan mukofotlangan.
Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 10 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 15 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 30 yil” Davlatimiz Rahbari Shavkat Mirziyoyevning Farmoniga ko‘ra Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani hokimining qaroriga asosan Beshqo‘ton katta yo‘liga qahramonning nomi berildi.