Image
Yuklanmoqda
Image

Sadinov Sayyor

Leytenant

T A R J I M A I    H O L 

Leytenant Sadinov Sayyor Saidovich 1976- yil 18- noyabr kuni Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida ziyoli oilada dunyoga kelgan.

1983-1990- yillar Samarqand shahridagi 9- maktabda o‘qigan, 1990-1992- yillar Pastdarg‘om tumanidagi 18- maktabda tahsil olgan.

O‘rta maktabni tamomlagach Sayyor Sadinov 1993- yil muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va shartnoma asosida xizmatni davom ettirgan.

1995-1999- yillarda Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtini bitirgan. Bilim yurtini bitirib, 1999-2000- yillar Qurolli Kuchlar safida ofitser sifatida maxsus operatsiyalar batalyonida harbiy xizmatni davom ettirgan.

2000- yilda Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlarida xalqaro terrorchi jangarilarga qarshi jangda qahramonlarcha halok bo‘lgan.                                                                               

X I Z M A T   F A O L I Y A T I 

1993- yil muddatli harbiy xizmatchi

1994-1995- yillar Mudofaa vazirligi tizimida SHBHX.   

1995-1999- yillarda Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursanti.

1999-2000- yillar Mudofaa vazirligi tizimida SHBHX.  

H A R B I Y   U N V O N L A R I 

1993- yil oddiy askar

1994- yil SHBHX oddiy askar

1999- yil leytenant 

J A S O R A T I 

Leytenant Sadinov Sayyor Saidovich 2000- yil 4- avgust kuni Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlarida xalqaro terrorchi jangari to‘dalariga qarshi jang qilayotgan guruhning so‘roviga birinchilardan bo‘lib, yordamga yetib borgan.

U otishma davom etayotgan hududga yaqinlashib, qo‘l ostidagilarga tegishli ko‘rsatma berdgan, tezkor qaror qabul qilib, jangga kirgan.

Bir nechta jangarini yer tishlatib, qoya tomon uloqtirgan qo‘l granatasi harbiy xizmatchilarga yo‘l ochgan, shu jarayonda Sayyor Sadinov og‘ir yaralangan, shunga qaramay, jang qilishdan to‘xtamagan va jangarilar yakson etilgan.

Jangda olgan og‘ir jarohati tufayli leytenant Sayyor Sadinov qaxramonlarcha halok bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq vafotidan so‘ng “Jasorat” medali hamda II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan mukofotlangan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 10 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 15 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil” esdalik nishonlari bilan taqdirlangan.

Samarqand viloyati, Nurobod tumani hokimining qarori bilan Jom qishlog‘idagi ko‘chalarning biri va Samarqand viloyati, Bog‘ishamol tumanidagi
9- sonli umumta’lim maktabi uning nomi berilgan va uning byusti o‘rnatilgan