Katta leytenant
T A R J I M A I H O L
Katta leytenant Salimov Alisher Sattarovich 1977- yil 15- sentabrda Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahrida ishchi oilasida tug‘ilgan.
U oilada to‘ng‘ich farzand bo‘lib, ukasi hamda singlisiga doim o‘rnak bo‘lgan.
1984- yil Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahridagi 4- umumiy o‘rta ta’lim maktabiga 1- sinfga o‘qishga borib, o‘qishni 1995- yil a’lo baholarga tamomlagan.
Alisher Salimov maktabni tamomlagach, Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtiga o‘qishga kirib, uni 1999- yil a’lo baholarga bitirib, yosh leytenant xizmat faoliyatini Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon tumanida joylashgan harbiy qismda boshlagan.
U 2000- yil avgust oyida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida bo‘lib o‘tgan jangovar harakatlarga safarbar qilingan va ushbu jangda qahramonlarcha halok bo‘lgan.
X I Z M A T F A O L I YA T I
1995-1998- yillar - Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursanti.
1999-2000- yillar - Farg‘ona viloyati Marg‘ilon tumanidagi harbiy qismda shartnoma asosidagi harbiy xizmatchi.
H A R B I Y U N V O N L A R I
1995- 1998- yillar – kursant
1998- yil - leytenant
2000- yil - katta leytenant
J A S O R A T I
2000- yilning 31- iyul kuni 8 guruhga bo‘lingan harbiylar Surxondaryo viloyati Uzun tumani hududida yashiringan terrorchilar guruhi joyini aniqlash to‘g‘risida maxsus jangovar topshiriqni olganlar. Juda yosh bo‘lishiga qaramay vzvod komandiri vazifasini bajaruvchi katta leytenant Alisher Salimov jangovar guruhlardan birini boshqargan.
Tog‘da dushmanning “uyasi” uch kecha-yu uch kun davomida qidirilgan. Katta leytenant Alisher Salimov dushman juda mustahkam maskirovka qilingan tog‘ning ko‘rinmas g‘orlariga joylashib olgan degan taxminiga ko‘ra harakatlanganlar.
Uning yetakchiligidagi guruh tepalikdagi kichik g‘orga dushman to‘dasi joylashib olganini aniqlagan.
Katta leytenant Alisher Salimov bo‘yin umirtqasiga dushman snayperining o‘qi tegishi oqibatida qahramonlarcha halok bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000- yil 25- avgustdagi Farmoniga muvofiq marhum katta leytenant Alisher Salimov II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirlangan.
Qahramonimiz nomini abadiylashtirish maqsadida, u yashagan ko‘chaga uning nomi berilgan, 4- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida uning xona muzeyi hamda Alisher Salimov sinfi tashkil etilgan.