Image
Yuklanmoqda
Image

Tojiboyev Doniyorbek

Serjant

  T A R J I M A I    H O L

Serjant Tojiboyev Doniyorbek Abdumutalipov 1979- yil 10- fevralda Andijon viloyati Paxtaobod tumanining Madaniyat qishlog‘ida ishchi oilasida dunyoga kelgan.

Serjant Tojiboyev Doniyorbek Abdumutalipovich oilada to‘ng‘ich farzand bo‘lib, ukalariga o‘rnak bo‘lgan.

Doniyorbek Tojiboyev 1984-1994 - yillar tumandagi 26- umumta’lim maktabida tahsil olgan. Maktabni bitirgach, haydovchilar tayyorlash kursini tugatib, muddatli harbiy xizmatni o‘tagan.  

1997- yilda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida shartnoma asosida harbiy xizmatni boshlagan.

2000- yil avgustda Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlarida Vatanimiz sarhadlariga suqilib kirgan xalqaro terrorchi to‘dalarga qarshi janglarda ishtirok etib, qahramonlarcha halok bo‘lgan.

X I Z M A T   F A O L I YA T I

1997-2000- yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida shartnoma asosida harbiy xizmatchi.

H A R B I Y   U N V O N L A R I

1998- yil - kichik serjant

2000- yil - serjant

J A S O R A T I

2000- yil avgustida Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlarida xalqaro terrorchilarga qarshi janglarda D. Tojiboyev faol ishtirok etgan.

Avgust kunlarining birida hududda tozalash ishlari olib borilayotgan bir paytda, komandirning “pistirma” degan xitobidan keyin jang boshlangan.

Serjant Tojiboyev jangarilarning yashirin bazasi va bir nechta jangarilarni yakson qilgan. Biroq, ushbu mash’um jangda serjant D. Tojiboyev qaxramonlarcha halok bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000- yil 25- avgustdagi Farmoniga muvofiq marhum serjant D. Tojiboyev “Jasorat” ordeni bilan taqdirlangan.

Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 10 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 15 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 30 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” esdalik nishonlari bilan taqdirlangan.

D. Tojiboevning xotirasini abadiylashtirish maqsadida, Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimining 2000- yil 20- avgustidagi qarori bilan Madaniyat qishlog‘idagi “Sohil” ko‘chasiga D. Tojiboyev nomi berilgan.