Image
Yuklanmoqda
Image

Toshpo‘latov Kamoliddin

Katta leytenant

T A R J I M A I    H O L 

Katta leytenant Toshpo‘latov Kamoliddin To‘xtapo‘latovich 1974- yilning 1- mayida Namangan viloyati Namangan tumanida ishchi oilasida tug‘ilgan.

1981- yil Namangan tumanining 24- umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-sinfiga o‘qishga borib, maktabini 1991 yil a’lo baholarga tugatgan.

1992-1996- yillar Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtini imtiyozli tamomlagan.

1996- yil K. Toshpo‘latov oila qurgan, Umidjon va Mirkomiljon farzandlari dunyoga kelgan.

2000- yil avgust oyida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida bo‘lgan jangovar harakatlarda qahramonlarcha halok bo‘lgan.

X I Z M A T   F A O L I YA T I 

1992-1996- yy - Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtini kursanti;

1996-2000- yy - O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatchi.

H A R B I Y   U N V O N L A R I 

1996- yil - leytenant

1998- yil - katta leytenant

J A S O R A T I

2000- yil mamlakatimizning janubiy sarhadlarida o‘zining yovuz niyatlarini amalga oshirmoqchi bo‘lgan jangari guruhlarga qarshi janglarda katta leytenant K. Toshpo‘latov faol ishtirok etgan.

Katta leytenant K. Toshpo‘latov xalqaro terrorchi jangari to‘dalarni qidirish va ularga zarba berish maqsadida maxsus guruh tarkibida jangovar topshiriqni bajarish uchun desant-ishg‘ol harakatlarini bajarayotgan vaqtda 2000- yilning 16- sentabr kuni qaxramonlarcha halok bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 11- yanvardagi PF-5626- sonli Farmoni bilan “Jasorat” medali bilan mukofotlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 6- maydagi 222-F sonli Farmoyishiga binoan Namangan viloyati, Namangan tumani 24- sonli maktabda byusti o‘rnatilgan.

K. Toshpo‘latovning xotirasini abadiylashtirish maqsadida Namangan viloyati hokimining qaroriga asosan Namangan tumaning Qiyot qishlog‘idagi ko‘chaga uning nomi berilgan.