Image
Yuklanmoqda
Image

Ulug‘bek Barnoyev

Kichik serjant

T A R J I M A I    H O L  

Kichik serjant Ulug‘bek Abdullayevich Barnoyev 1978- yil, 1- noyabr kuni Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan.

Ulug‘bek 1985-1995- yillar Kattaqo‘rg‘on shahridagi 16- umumta’lim maktabida o‘qigan, maktabni bitirgach, Kattaqo‘rg‘on shahridagi 19- hunar texnika bilim yurti (hozirgi sanoat va transport kolleji)da o‘qigan.

1997- yilda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan, xizmati davomida Ulug‘bek chinakam Vatan himoyachisiga aylangan.

1997-2000- yillar Yangi tashkil etilgan maxsus operatsiyalar batalyonida shartnoma asosida harbiy xizmatni davom ettirgan.

2000- yil Surxondaryodagi jangovar harakatlarda birinchilar qatorida yovga qarshi kurashib, navbatdagi harbiy amaliyot chog‘ida og‘ir tan jarohati olib, qahramonlarcha halok bo‘lgan.

X I Z M A T   F A O L I Y A T I

1997-1998- yillar muddatli harbiy xizmatchi;

1999-2000- yillar maxsus operatsiyalar batalyonida shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi. 

H A R B I Y   U N V O N L A R I

1998 yil - oddiy askar

2000 yil - kichik serjant 

J A S O R A T I

Kichik serjant Ulug‘bek Barnoyev 2000- yil Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlarida mamlakatimiz tinchligini buzishga qaratilgan tahdidni qaytarishda jasorat ko‘rsatgan, 4- avgust kuni xalqaro terrorchi jangarilar bazasiga to‘satdan hujum uyushtirish davomida guruhni pulemyotdan qo‘llab-quvvatlash vaqtida yaralanib mardlarcha halok bo‘lgan.

Ulug‘bekning vafotidan so‘ng uning xotirasiga bag‘ishlab Kattaqo‘rg‘on shahrida mo‘jazgina bog‘ barpo etilgan. Uning uyida qahramonimizning fotoalbomlari, mukofotlari hamda harbiy liboslaridan iborat uy muzeyi barpo etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000- yil 25- avgustdagi Farmoniga muvofiq marhum kichik serjant Barnoyev Ulug‘bek Abdullayevich “Jasorat” medali bilan mukofotlangan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 15 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil” “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligining 30 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” esdalik nishonlari bilan taqdirlangan.