Katta leytenant
T A R J I M A I H O L
Katta leytenant Xodjayev Ismatullo Nurillayevich 1972- yil 20- noyabrda Samarqand viloyati Nurobod tumanining Oqsoy qishlog‘ida tug‘ilgan.
1979-1990- yillarda Nurobod tumanining Oqsoy qishlog‘idagi 13- o‘rta umumta’lim maktabida o‘qigan.
1993-1997- yillarda Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida tahsil olgan.
1997- yildan boshlab Qurolli Kuchlari safida maxsus operatsiyalar batalyonida shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tay boshlagan.
2000- yil Surxondaryo viloyatining Uzun va Sariosiyo tumanlarida xalqaro terrorchi to‘dalarga qarshi jangovar harakatlarda io‘tirok etib, jangda qaxramonlarcha halok bo‘lgan.
X I Z M A T F A O L I YA T I
1993-1997 - yil Samarqand oliy Harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursanti;
1997-2000- yillar O‘zbekiston Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatchi.
H A R B I Y U N V O N L A R I
1997- yil - leytenant
1999- yil - katta leytenant
J A S O R A TI
2000- yilda mamlakatimizning janubiy hududlarida Vatanimizga suqilib kirgan xalqaro terrorchi jangari tо‘dalarni qidirish va ularni yо‘q qilish harakatlariga katta leytenant Ismatullo Xodjayev ham safarbar etilgan.
2000- yil 16- sentabr kuni tog‘li hududning qiyin va murakkab sharoitlarida maxsus guruh tarkibida razvedka qidiruv ishlarida ishtirok etgan.
Katta leytenant Ismatullo Xodjayev desant-ishg‘ol harakatlarini bajarayotgan vaqtda jangda qaxramonlarcha halok bo‘lgan.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 11- yanvardagi PF-5626- sonli Farmoni bilan “Jasorat” medali bilan mukofotlangan.
Katta leytenant Ismatullo Xodjayevning nomini abadiylashtirish maqsadida, О‘R Vazirlar Mahkamasining Farmoyishi bilan Nurobod tumanidagi 13- sonli о‘rta maktabda byusti о‘rnatilgan hamda Samarqand viloyati Nurobod tumani hokimining qarori bilan kо‘chalardan biriga uning nomi berilgan.