Serjant
T A R J I M A I H O L
Serjant Xolboyev Xayriddin Shodiboyevich 1979- yil 7- dekabrda Farg‘ona viloyati So‘x tumani Lenburg qishlog‘ida tug‘ilgan.
1986-1996- yillar Lenburg qishlog‘idagi 18- umumta’lim maktabida ta’lim olgan.
1998- yilda muddatli harbiy xizmatni o‘tagan.
1999-2000- yillar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tagan.
2000- yil 16- avgust kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida bo‘lgan jangovar harakatlarda vertolyot aviahalokati oqibatida Serjant X. Xolboyev halok bo‘lgan.
X I Z M A T F A O L I Y A T I
1998- yil muddatli harbiy xizmatchi;
1999-2000 – yillar Mudofaa vazirligi tizimida shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi.
H A R B I Y U N V O N L A R I
1999 yil – shatnoma asosida harbiy xizmatchi -oddiy askar
2000- yil - kichik serjant, serjant
J A S O R A T I
Serjant Xolboyev Xayriddin Shodiboyevich 2000- yilda Janubiy sarhadlarimizga bostirib kirgan bir guruh terrorchilarga qarshi kurashda bir necha bor guruhi bilan jonbozlik ko‘rsatgan, yurtimiz osoyishtaligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shgan.
2000- yil 16- avgust kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida bo‘lgan jangovar harakatlarda vertolyot aviahalokatga uchrashi oqibatida serjant Xolboyev Xayriddin Shodiboyevich halok bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 11- yanvardagi PF-5626- sonli Farmoni bilan “Jasorat” medali hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 6- maydagi 222-F sonli Farmoyishiga binoan Farg‘ona viloyati, So‘x tumanidagi 18- sonli maktabda byusti o‘rnatilgan.
Uning xotirasini abadiylashtirish maqsadida, Farg‘ona viloyati, So‘x tumanida joylashgan 18- umumta’lim maktabiga serjant Xayriddin Xolboyev nomi berilgan, maktabga uning byusti o‘rnatilib, maxsus burchak ham tashkil etilgan.