

“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida 9-may – Xotira va qadrlash kuniga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyiga yangi ekspozisiyalarni joylashtirish hamda majmua hududida tozalash va dezinfeksiya ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan 25 apreldan 1 maygacha “Shon-sharaf” davlat muzeyiga tashrif buyuruvchilar uchun kirish to‘xtatiladi. Bu kunlari “Gʻalaba bog‘i” hududiga kirish mumkin bo‘ladi.
6-8 may kunlari esa “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyiga kirish tashrif buyuruvchilar uchun vaqtinchalik to‘xtatilishini ma’lum qilamiz.
Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi ma’muriyati
Tel: 71-203-03-86; 71-203-03-81; 71-203-03-87