

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan respublikamiz bo‘ylab "Bir vatan, bir el, bir bayroq" shiori ostida bayroq estafetasi nihoyat Toshkent shahriga yetib keldi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan poytaxtimizning asosiy koʻchalarida Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya harbiy boʻlinmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari bo‘lib o‘tdi.
Harbiy boʻlinmalarining piyoda yurishlari “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasidan boshlanib “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyiga qadar davom etdi.
“Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyi maydonida harbiy xizmatchilarning koʻrgazmali chiqishlari, boʻlinmalarning jangovar chaqirigʻi, harbiy orkestrning difele namoyishlari ijro etiladi.








