Image
Yuklanmoqda
Image
2026-03-24

Hushyorlik davr talabi

“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida Olmazor tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida o‘quv-taktik amaliy mashg‘uloti o‘tkazildi. O‘quv mashg‘uloti boshlanishi bilan bino ichida xavf-xatar signali chalindi va barcha xodimlar xavfsiz yo‘lak orqali tashqariga chiqarildi. Ushbu o‘quv mashg‘ulotida to‘satdan yong‘in sodir bo‘lganida yoki zilzila paytida fuqarolarni evakuatsiya qilish, jabrlanganlar bo‘lgan taqdirda birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha yong‘in xavfsizligi mas’ul xodimlarining bilim va malakalari yanada oshirilishiga zamin yaratildi. Shuningdek, xodimlarga yetarlicha ko‘nikmalar va tavsiyalar berildi.