Image
Yuklanmoqda
Image
2026-03-16

Iste’dodli yoshlar qo‘llab-quvvatlanmoqda

Ma’lumki, yurtimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni yetuk malakali kasb egalari bo‘lishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan, “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida ham talabalar hamda iste’dodli yoshlar uchun keng imkoniyatlar eshigi doimo ochiq. Mazkur maskanga Xalqaro Nordik universiteti magistratura fakulteti “Turizm va mehmondo‘stlik” ta’limi mutaxassisligi talabasi Abdulakimova Nozimaxon ham tengdoshlari qatori stajirovka o‘tash uchun kelgan edi. Qisqa vaqt ichida Nozimaxon yuqori bilim va tashabuskorligi, namunali xulqi, va o‘z kasbiga bo‘lgan muhabbati bois xurmat qozonib, “Shon-sharaf” davlat muzeyi rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘ani qo‘lga kiritdi.

– Biz yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibordan juda ham mamnunmiz, stajirovka davrimda “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyi rahbariyati yuqori bilim va ko‘nikmalarimni oshirishim uchun barcha shart-sharoit va qulayliklar yaratib berishdi. Menga bildirilgan ishonch va ehtiromdan boshim osmonga yetdi, – deydi Nozima Abdulakimova.

Ha, bugun yurtimiz yoshlarining xalqaro maydonda o‘z bilim salohiyati va iste’dodlarini kashf etishlari uchun keng imkoniyatlar eshigi ochildi. Biz Nozimaxonning kelgusida vatanimiz ravnaqi yo‘lida bor ilmi va izlanishlari bilan buyuk ajdodlarimizga munosib davomchi bo‘lishi, katta marralar sari dadil qadam tashlashiga ishonamiz va omadlar tilaymiz.