

Konferensiya Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Ajdodlar izidan” Harbiy-tarixiy jamiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy Xavfsizlik va Mudofaa Universitetining Quruqlikdagi qoʻshinlar instituti va Oʻzbekistonda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi hamkorligida amalga oshiriladi. Xalqaro Ilmiy-amaliy konferensiya 2026-yil 24-aprel kuni Toshkent shahar Olmazor tumani Mudofaa Vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida oʻtkaziladi. Ilmiy-amaliy konferensiya ishiga tarix, tarixshunoslik va muzeyshunoslik yoʻnalishlarida ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar, soha mutaxassislari, professor-oʻqituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar taklif etiladi. Anjumanda ishtirok etish uchun maqolalar topshirish tartib- qoidalari: anjuman materiallari oʻzbek va rus tillarida taqdim etilishi mumkin. Konferensiyaga taqdim etiladigan ilmiy maqolalar uchun talablar: ilmiy maqolalar konferensiya yoʻnalishiga oid dolzarb mavzularda, masalaning asosiy maqsadi, ilmiy-amaliy natijalari hamda taklif va tavsiyalarni oʻzida mujassam etgan boʻlishi va soʻnggi yillarda aniqlangan tadqiqotlar natijasidagi maʼlumotlarga asoslangan boʻlishi lozim; maqola matnining elektron nusxasi (97)7071512) telefon raqami telegramm manziliga joʻnatilishi talab etiladi;maqola “MS WORD” redaktori, “Times New Roman” shrifti, 14 kegl, 1,5 intervalda, oʻlchamlari A-4 formatida, varaqning chap tomonidan 2,5 sm, yuqori va pastdan 2 sm., oʻng tomonidan 1,5 sm joy qoldirilib, matni 6-8 bet oraligʻida boʻlishi, snoska har bir betning tagiga (1 dan boshlab) qoʻyilishi talab etiladi. Har bir ilmiy tarixiy fakt uchun iqtibos talab qilinadi. Yuborilgan matnning originalligi kamida 70% boʻlishi kerak (bu oʻz-oʻziga iqtibosni oʻz ichiga olishi mumkin), iqtiboslarda koʻrsatilgan manbalar adabiyotlar roʻyxatiga kiritilishi kerak. Maqolalar Antiplagiat dasturi yordamida tekshiriladi; maqolaning nomi bosh harflar bilan yozilishi kerak. Navbatdagi qatordan muallif F.I.Sh. va lavozimi yoziladi. Matn oxirida bir qator joy qoldirilib, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati kiritiladi. fayl nomi muallif familiyasi bilan yozilishi lozim; maqolada koʻrsatilgan faktlarning toʻgʻriligi va aniqligiga muallif shaxsan masʼuldir. tashkilotchilar konferensiya toʻplamiga maqolalarni nashr qilish uchun ularni tanlab olish huquqini oʻzlarida saqlab qoladilar; taqdim qilingan maqolalar maʼno-mazmuni jihatidan mukammal, xato va kamchiliklardan xoli boʻlishi kerak. Anjumanda ishtirok etish uchun maqola matnini yuborishning soʻnggi muddati 2026-yil mart oyining 31-sanasigacha. Tashkilotchilar, belgilangan muddatdan kech kelgan va koʻrsatilgan mavzu, ilmiy daraja va konferensiya talablariga mos kelmaydigan materiallarni qabul qilmaydilar. Tashkilotchilar rad etilgan materiallar mualliflari bilan yozishmalarga kirishmaydilar va ularni mualliflarga qaytarmaydilar. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari elektron shaklda chop etiladi hamda ishtirokchilarga sertifikatlar topshiriladi. Agar konferensiya materiali bosma shaklda chop etilsa, mualliflarga qo‘shimcha ma’lumot beriladi. Konferensiya tashkilotchilari maqola mualliflarini bosma shakldagi to‘plam bilan ta’minlash majburiyatini olmaydilar.
Anjuman tashkiliy qoʻmitasi: Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi. Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Sagʻbon koʻchasi, 382-uy, indeks: 100069. e-mail: info@galababogi.uz Bogʻlanish uchun telefonlar: (97) 707-15-12 Shaxnoza Yuldasheva