Image
Yuklanmoqda
Image
2026-03-27

Vatan ulug‘–burch muqaddasdir

Vatan–aziz va muqaddas. Uning tichligi va osoyishtaligi esa ulug‘ ne’matdir. Ona zaminimizning har qarich tuprog‘ini ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylab, xalqimiz xotirjamligi va osoyishtaligi yo‘lida o‘z jonidan kechgan dovyurak va mard o‘g‘lonlar esa, yurt faxri va g‘ururidir. “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hududida bunyod etilgan “Millat fidoiylari” hiyoboni ana shunday or-nomusi baland haqiqiy vatan himoyachilari xotirasini abadiylashtirish maqsadida qad rostladi. Bugun ushbu maskan yurtdoshlarimiz va yosh avlod uchun chinakam o‘rnak va namuna maktabini o‘tamoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Kuni kecha “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “Millat fidoiylari” hiyobonida “Vatan ulug‘ – burch muqaddas” shiori ostida vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi. Unda Ichki ishlar Akademiyasi kursantlari, xizmat chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari hamda Ichki ishlar akademiyasi xorijiy kadrlar bilan ishlash fakultetining xorijlik kursantlari ishtirok etdi. Tadbirda mutaxassislar tomonidan har bir eksponat va yodgorlik ekspozisiyalari xaqida ishtirokchilarga yetarlicha ma’lumotlar berildi. Bo‘lajak vatan posbonlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi. Shuningdek, ertamiz egalari tomonidan vatan tinchligini tarannum etuvchi sadoqat va mardlik, jasorat va adolatga yo‘g‘rilgan she’rlar va ibratli hikoyalar yig‘ilganlarga in’om etildi.