
Yurtimizda yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalaridan biridir. Bu borada Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar natijasida ertamiz egalari chin ma’noda ajdodlarga munosib davomchi bo‘lib kamol topmoqda. Jumladan, “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakatiga a’zo bo‘layotgan yoshlar soni kun sayin ortib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida oldimizga qo‘ygan yuksak maqsadlarning amaldagi natijasi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Jumladan, “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida doimiy ravishda yoshlar bilan bog‘liq vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazib kelinadi. Ayniqsa, “Vatan tanyanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati ortyadiga a’zo yoshlarning tanatanli va’da berish marosimlari ushbu maskanda ko‘tarinki kayfiyat va vatanga sadoqat ruhida o‘tkazib kelainmoqda. Kuni kecha bo‘lib o‘tgan tadbirda Toshkent shahrining umumta’lim maktablari o‘quvchilari, akademik liseylar, texnikumlar va xususiy maktablarning “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy vatanparvarlik harakati otryadi a’zolarinig “Va’da berish” hamda ko‘krak nishonlarni qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Mudofaa vazirligi mas’ul ofiserlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir doirasida faol va intiluvchan yoshlar “Vatan tayanchi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, ertamiz egalari ajdodlarimizdan me’ros bo‘lib qolgan mardlik va jasorat, insoniylik va vatanparvarlik kabi ulug‘ qadriyatlarga sodiq bo‘lishga tantanali va’da berishdi. Tadbir so‘ngida harbiy orkestr jamoasi tomonidan vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.