Image
Yuklanmoqda
Image
2026-01-27

YURT TINCHLIGI OLIY SAODATDIR!

Yurt tinch bo‘lsa, xalq farovon, osoyishta xayot kechiradi. Mamlakatimizda tarixni chuqurroq o‘rganish, ajdodlarga ehtirom, keksa avlod vakillariga xurmat, yoshlarga esa, keng imkoniyatlar yaratish kabi ezgu maqsadlar yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, harbiy sohada ham erishilayotgan yutuqlar yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va xotirjamlikdan dalolatdir. Shu bilan birga, bugungi tinch va osuda kunlarni qadrlash, ertangi kunimiz xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanga munosib qilib tarbiyalashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyi yoshlar ongida vatanparvalik ruhini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Ushbu maskan deyarli har kuni yurtdoshlarimiz va yoshlar bilan gavjum. Ota-bobolarimizning tinchlikni asrash yo‘lida ko‘rsatgan qahramonligi va jasorati bilan bog‘liq yodgorlik majmaulari, eksponat va ekspozitsiyalar tashrif buyuruvchilarda katta taasurot qoldirmoqda.

–“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga uchinchi bor kelishim deydi,–ko‘zlarida to‘la hayajon bilan Samarqand shahridan tashrif buyurgan yurtdoshimiz Nasiba aya Do‘tsmurodova. Bu safar nabiralarimni olib keldim. Bu yerdan o‘rin olgan har bir eksponat va ekspozitsiya beixtiyor kishini tarixga yetaklaydi va o‘yga soladi. Tinchchlik eng ulug‘ ne’mat ekanini anglatadi. Tinchligimiz abadiy bo‘lsin. Darhaqiqat, vatan tinchligi  oliy saodatdir. Tinchlikni asrab-avaylashga esa barchamiz birdek mas’ulmiz.